21/09/2021

2020  yilda  safar  maqsadlari  bo‘yicha  mehmonxona va shunga  o‘xshash joylardagi nomer fondi 690 ta bo‘lib, joylashtirilgan shaxslarning soni 38990 nafarni tashkil etdi. Shaxsiy maqsadlar bilan joylashtirilgan shaxslar soni 7515 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ish  yuzasidan  va  kasbga  oid  maqsadlar  bilan joylashtirilgan shaxslarning soni 31475 nafarni tashkil etgan.

Shu jumladan, mehmonxona va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari soni esa 39 tani tashkil qilgan. Ulardan 31 tasi mehmonxonalar bo‘lib, 16,1 foizi bir yulduzli, 6,5 foizi ikki yulduzli, 16,1 foizi uch yulduzli va 61,3 foizi toifaga ega bo‘lmagan mehmonxonalar toifasini tashkil etadi.

 Axborot xizmati