07/09/2021

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholini royxatga olishni otkazishga komaklashish boyicha hududiy komissiyalarni tuzadi;

ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi sonini korsatgan holda ushbu punktlarning toliq royxati tuzilishini ta’minlaydi;

ma’muriy-hududiy birliklarda kochalarning nomlari, uylar va xonadonlarning raqamlari korsatilgan korsatkichlar bolishini ta’minlaydi;

jalb etilgan royxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlaydi;

royxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va oqitishni tashkil etadi;

aholini royxatga olishni o’tkazish doirasidagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarning oqishi va ishlashi uchun yaroqli mebel hamda aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik xonalar, shuningdek zarur transport vositalari berilishini ta’minlaydi;

royxatga olish varaqlarini va boshqa royxatga olish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qoriqlanadigan xonalar ajratish yuzasidan choralar koradi;

aholini royxatga olishni otkazish xavfsizligini ta’minlash boyicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.

 

 Axborot xizmati