30/08/2021

Jizzax viloyatida 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 1 072 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 409,7 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 114,7 % ni tashkil etdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Dustlik tumani 57,6 % (62 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan), Zafarobod tumani 56,3 % (34 ta) hamda Baxmal tumani 50,0 % (70 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati