17/08/2021

Boshqarmada 2021 yil 17 avgustida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligini keng nishonlash maqsadida, "Mustaqillikning  huquqiy negizlari"  mavzusida davra suhbati tashril etildi.

Ma’lumki, 2021 yilda xalqimiz necha yuz yillik tarixi davomida orzu qilib, intilib yashagan va XX asr so‘nggida erishgan, mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan, tom ma’nodagi buyuk, olamshumul voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilinganiga o‘ttiz yil to‘ladi.

Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

 

Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha ma'sul

 Butunbaeva Kamolot