20/08/2021

Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha vakolatli organ – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hisoblanib, ular quyidagi muhim vazifalarni amalga oshiradilar:

  1. muhim ilmiy va oliy ta’lim muassasalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va qo‘llanma materiallarni tayyorlaydi;
  2. b) har bir aholi punktida aholini ro‘yxatga olish ishlarini muvofiqlashtiruvchi ro‘yxatga olish uchastkalari mudirlarining, davlat statistika organlari xodimlari tarkibidan supervayzerlar (nazoratchi instruktorlar)ning tayinlanishini ta’minlaydi;
  3. v) joylardagi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda, ro‘yxatga oluvchi xodimlarni o‘qitishni, shuningdek, ro‘yxatga olish varaqalarini sinov ko‘rinishida to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni, keyinchalik xatoliklarni tahlil qilish va yuzaga kelgan qiyinchiliklarni tushuntirish orqali o‘tkazilishini (o‘qitish ishlari o‘qitilayotgan xodimlarning o‘rganilayotgan materialni to‘g‘ri o‘zlashtirganliklari va ro‘yxatga olish ishlariga tayyor ekanliklarini sinovdan o‘tkazgandan so‘ng yakunlanadi) amalga oshiradi;

g)O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:

ro‘yxatga olish natijalarini qayta ishlash bo‘yicha moddiy-texnik vositalarni sotib olish, server uskunalari, ro‘yxatga olish varaqalarini mashinada o‘qishni ta’minlovchi skanerlar va boshqa ofis texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha tenderlar tashkil etish va o‘tkazilishini ta’minlaydi;

aholini ro‘yxatga olish varaqalari ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizim yaratadi;

aholini ro‘yxatga olish tadbirlari natijalarini olish bo‘yicha dasturiy vositalarni ishlab chiqadi;

  1. d) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentliklari bilan birgalikda, aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishi haqida aholini xabardor qilish, ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etish bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish, reklama roliklari, shiorlar chiqarish
    va boshqa shu kabi tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.

Bu tadbirga nafaqat statistika organlari xodimlari, balki respublikaning boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ham aholini ro‘yxatga olish ishlarida bevosita ishtirok etadilar.

Zomin tuman statistika bo‘limi