19/08/2021

Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2021- yil 1- avgust holatiga ko‘ra 228 tani tashkil etib, ulardan 222 tasi yoki 97,4 % i faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 33 taga yoki 20,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida 20 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni (iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 1 avgust holatiga, birlikda)

Sanoat – 120 ta

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 40 ta

Savdo – 28 ta

Boshqa turlari – 9 ta

Qurilish – 11 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 2 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 3 ta

Axborot va aloqa – 3 ta

Tashish va saqlash – 6 tani tashkil etadi.

 

 Axborot xizmati