18/08/2021

Yangiobod tumanida “GRAPPA” MChJ tomonidan 500 gektar maydonda uzumzor tashkil etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 31,5 mlrd.so‘mni, ishlab chiqarish quvvati esa 10 ming tonnani tashkil qiladi.


Loyiha bo‘yicha 365 gektar maydonga tok ko‘chatlari ekilgan. 15 ta artezian quduqlari ishga tushirilgan. 210 gektarga tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilib, 200 gektar uzumzorga shpallerlar o‘rnatilgan.
Joriy yilda 100 gektar uzumzor to‘liq xosilga kirgan bo‘lib, yil yakunigacha 500 tonna uzum yeg‘ib olish va eksportga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
Yil yakuniga qadar uzum sharbati va polietelen yashiklar ishlab chiqarish sexlari tashkil etish bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, korxonada 100 tonnalik sovutkichli omborxona ham mavjud.
2022-2024 yillarda uzumni qayta ishlash va vino ishlab chiqarish zavodi qurish bo‘yicha dastlabki loyihalashtirish ishlari boshlab yuborilgan.
Bugungi kunda korxonada 80 nafar doimiy ishchi xodimlar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 30 nafari yoshlarni tashkil etadi. Loyiha ijrosi bilan korxonada 300 ta doimiy ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Axborot xizmati