17/08/2021

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida  viloyatda jami 1606,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan  104,2 % ni tashkil etdi.

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 83,2 % i yoki 1336,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

 

Axborot xizmati