16/08/2021

Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 99 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi  bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.

Open Data Inception – bu Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq ma'lumotlar portallarining to‘liq ro‘yxatidir. opendatainception.io sayti butun dunyoda keng foydalaniladigan va eng katta ochiq ma'lumotlar manbalaridan biri hisoblanadi.

Ochiq ma'lumotlar manbalari bo‘yicha birinchi o‘ntalikka kiruvchi mamlakatlar ro‘yxati:

Davlat nomi

Manbalar soni

1

Amerika Qo‘shma Shtatlari

646

2

Ispaniya

305

3

Fransiya

117

4

Buyuk Britaniya

104

5

O‘zbekiston

99

6

Kanada

98

7

Avstraliya

59

8

Germaniya

57

9

Italiya

49

10

Niderlandiya

31

 

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Open Data Inventory (ODIN) ochiq ma’lumotlar reytingida 63 ballni toʻplagan holda mazkur reytingda 125 pozitsiyaga koʻtarilib, dunyoda 44 oʻrinni hamda Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi – 2020”da “Davlat ochiq ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi.

DSQ matbuot xizmati