16/08/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi.

 Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 59,3 % ni tashkil etdi.

 Xususan, 2021- yilning yanvar – iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 1 191,5 ming tonna go‘sht yetishtirilgan.

Axborot xizmati