10/08/2021

Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini royxatga olishni rejalashtirish va uni otkazishda yordam korsatish maqsadida  BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati  va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini royxatga olish boyicha tavsiyalari” nomli qollanma BMT Aholishunoslik jamgarmasining  texnik komagi asosida Davlat statistika qomitasining mutaxassislari tomonidan ozbek tiliga tarjima qilindi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda dunyoda 200 dan ortiq davlat bolib, BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida mazkur qollanmaning faqat ingliz, fransuz va rus tillaridagi talqinlari (tarjimalari) joylashtirilgan xolos. Uning ilk marotaba ozbek tiliga tarjima qilinishi va BMTning  Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi yangi Ozbekistondagi islohotlarning, xususan aholini royxatga olish tadbirini  otkazish uchun korilayotgan tayyorgarlik jarayonlarining dunyo hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak baholanayotganligi va tan oliniyotganligidan dalolat beradi.

Yana bir muhim jihati, ozbekcha qollanmaning BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasining rasmiy veb-saytida jahon tillaridagi talqini bilan yonma-yon turishi esa har birimizga gurur bagishlab, ona tilimizning dunyodagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu tavsiyalar mamlakatimizda aholini royxatga olishni  otkazishga tayyorgarlik jarayonlarida ishtirok etuvchilarning  bilimini oshirib, tadbirning sifatli otkazilishida muhim rol o‘ynaydi.

 

Axborot xizmati