Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatlarini yuritishlari uchun qator qulaylik va imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va yangilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘RQ-418-son Qonuni tasdiqlanganidan so‘ng Arnasoy tumani statistika bo‘limi tomonidan tumanda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish va tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan ko‘plab amaliy ishlar bajarib kelinmoqda.
Ushbu qonunning 3-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 271-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 11-bandi bilan 305-moddasi (Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish muddatlari) to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan.
Shuningdek, O‘zR MJtKning 271-moddasi 11-bandiga muvofiq, "agar ushbu kodeks 215-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaxslari yoki xodimlari yohud tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va (yoki) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, bundan fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘ligiga zarar yetkazilgan holatlar mustasno" deb belgilandi va bunday holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligini qayd etadi.
Qayd etish joizki, 2021 yilning dastlabki 6 oyi davomida Arnasoy tumanida 73 ta yangi korxona va tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, ularning jami soni 794 taga yetdi. Yangi tashkil etilgan korxonalarning qariyb 73 tasi (100.0 foizi) kichik tadbirkorlik sub’yektlaridir.
Ushbu qonun talablarining to‘laqonli bajarilishi barcha tadbirkorlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratadi deb hisoblaymiz.
Arnasoy tumani statistika bo‘limi