04/08/2021

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha Prezident farmoni bilan tasdiqlangan, tarkibi bir qator vazirlik va idoralardan iborat Respublika komissiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar ish olib boradi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, jarayonga 150 mingdan ortiq xodimlar jalb qilinishi rejalashtirilgan. 

Aholini ro‘yxatga olish ishlari uchta bosqichdan iborat bo‘lib, belgilangan amaliyotga kirishulgunga qadar 2020-2023 yillarni o‘z ichiga oluvchi tayyorgarlik jarayonlari olib boriladi. Qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini ro ‘yxatga olish Dasturiga ko‘ra, 2021 yilning 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshiriladi. Bunda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish jarayonlari, ro‘yxatga olish usullari, dasturi, savolnomalari, uslubiy qo‘llanma hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlari amaliy sinovdan o‘tkaziladi.                  

Natijalar asosida aniqlanadigan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

 

Yangiobod tuman statistika bo‘limi