Joriy yilning 30-iyul kuni Viloyat statistika boshqarmasida 2021-yil II chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limi boshliqlari qatnashishdi.
Kun tartibiga binoan, Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i v. v. b. D.Mulladjanov Kengash yig‘ilishini ochib berdi, Davlat statistika qo‘mitasining topshiriqlarini bajarilishi hamda topshiriqlarda statistika boshqarmasi oldiga qo‘yilgan vazifalar va tizimda 2021-yil II chorakda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respbulikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”da davlat statistika idoralariga yuklatilgan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar borasida alohida to‘xtalib, tegishli topshiriqlar berildi.
Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishida, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida koorupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi natijalari muhokama qilindi.
Kengash yig‘ilishida viloyat statistika bo‘limlarida amalga oshirilgan ishlar hamda statistik ko‘rsatkichlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, infografika roliklarini tayyorlash va mahalliy telekanallarda efirga uzatish, shuningdek, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilishga oid masalalar ham muhokama qilindi.
Kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Axborot xizmati