Viloyat statistika ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p maosh moliyachilarda, eng kami esa shifokorlar va ijtimoiy soha vakillariga to‘g‘ri keladi. Hududlar kesimida eng yuqori maosh oluvchilar Jizzax shahrida yashaydi.
Bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi, qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari har bir iqtisodiy faoliyat turlarida farqlanadi.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi tarkibiga qo‘shimcha to‘lovlar, mukofot pullari, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, kompensatsiya va ishlamagan vaqti uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga ajratmalar kiradi.
Eng ko‘p va eng kam maosh kimlarda?
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug‘urta iqtisodiy faoliyatida 6 087,2 ming so‘m yoki viloyat ko‘rsatkichidan 2,7 barobar yuqori ekanligini ko‘rsatdi.
Eng kam maosh esa tashish va saqlash faoliyatida 1 817,6 ming so‘m yoki viloyat o‘rtacha oylik ish haqidan 79,9 foizga kam ekanligi kuzatildi.
Sohalar bo‘yicha (qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari) 2021 yilning yanvar-iyun oylarida o‘ratacha oylik ish haqi:
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati - 6 087,2 ming so‘m;
Axborot va aloqa sohasi - 3 390,2 ming so‘m;
Savdo sohasi - 2 347,0 ming so‘m;
Ta’lim sohasi- 2 198,2 ming so‘m;
Sanoat sohasi - 2 112,6 ming so‘m;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi – 1 871,2 ming so‘m
Qurilish sohasi - 1 854,3 ming so‘m;
Tashish va saqlash sohasi – 1 817,6 ming so‘m;
Axborot xizmati