16/04/2025

      Tadbirda boshqarma Axborot xizmati bosh mutaxassisi D. Turmatov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshligʻi v.b. B. Mamayusupova va bosh yuriskonsult Qoʻshoqov Gʻulom tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 16-mart kuni tasdiqlangan OʻRQ-611-son “Aholini roʻyxatga olish ” toʻgʻrisidagi qonunining mazmun mohiyati, 2025-yilning 24-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-75-son qarori qabul qilinganligi, Qarorning mazmun mohiyati, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026-yillarda amalga oshirilishi, Prezident qaroriga ko‘ra, Statistika agentligi tizimi 2025-yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi; 2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi; Shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berdi. Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.