17/01/2025

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 467-sonli qaror to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

      Mamlakatda tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning salohiyatidan to‘laqonli foydalanish, strategik yo‘nalishlarda tizimli tadqiqotlarni o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy va axborot-tahliliy ta’minlash hamda ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanishda ilmiy asoslangan tashabbuslarni ishlab chiqish amaliyotini joriy qilish zarur.

      Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgan. Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi kengashning asosiy vazifalari etib belgilangan. ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha uzoq muddatli strategik tahliliy hujjatlarni hamda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid takliflarni muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritib borish; ilmiy va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish bo‘yicha buyurtma berish tizimini joriy qilish; yillik strategik yo‘nalishdagi tadqiqotlarni ishlab chiqish va belgilash, ularning natijalaridan mamlakatni yanada isloh qilishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilash jarayonida foydalanish belgilab qo‘yilgan. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.