Joriy yilning 14-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Mehnat kodeksi, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Unda hududiy statistika organlarining yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni Yuridik bo‘lim bosh yuriskonsulti D. Ibrohimov ochib berib, xodimlarga Mehnat kodeksi, mehnat intizomi, hujjatlar bilan ishlashda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masalalar haqida tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, bo‘lim yetakchi yuriskonsulti O. Soliyev xodimlarga “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi sohadagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligini ta’kidlab, agentlikning rasmiy statistika sohasidagi vakolatlariga to‘xtaldi.
D. Ibrohimov tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va vazifalari, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida hamda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya yuzasidan xodimlarga ma’lumotlar va huquqiy tushuntirishlar berildi.