Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 14-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning bosqichlari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.
Vebinar avvalida Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi boshlig‘i N. Sheraliyev va hududiy boshqarmalar xodimlari bilan tanishuv suhbati o‘tkazilib, istiqboldagi rejalar va mavjud masalalar muhokama qilindi.
Hududiy statistika organlari tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining holati va mahallalarda ko‘chalarga nom belgilari va xonadonlarga raqam belgilarini o‘rnatish ishlari borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, vebinarda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning bosqichlari batafsil tushuntirib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.