19/12/2024

      2024 -yilning 19 -dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali oʻqituvchilari va talabalariga seminar tashkil etildi.

      Tadbirda boshqarma Axborot xizmati yetakchi mutaxassisi D. Turmatov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi bosh mutaxassisi B. Mamayusupova bosh yuriskonsult G‘.Qo‘shoqov tomonidan 2024-yilning 4-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son Prezident Qarori qabul qilinganligi, Qarorning mazmun mohiyati, Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025-2026-yillarda amalga oshirilishi, Prezident qaroriga ko‘ra, Statistika agentligi tizimi 2024-yil davomida aholini ro‘yxatga olishni aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanish uchun videorolik, banner, flaer va bukletlar tayyorlashi; 2021-yilda o‘tkazilgan sinov natijalari va xalqaro ekspertlarning tavsiyalari asosida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari shakllarini takomillashtirishi; shuningdek, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish, bu borada qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va kelgusida bajarilishi belgilangan ishlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

     

      Seminar qatnashchilari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi.