1992-yil 2-iyul kuni tasdiqlangan Davlat gerbi xalqimizning tinchligi, bunyodkorligi, mehnatsevarligi hamda ozod va farovon hayot sari intilishining yuksak ramzidir. Davlat ramzlarimizni ardoqlash va ularga yuksak hurmat bilan munosabatda boʻlish — Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat va sadoqatimizning yorqin ifodasidir. Bayrogʻimiz, Gerbimiz va Madhiyamiz hamisha yurtimiz shaʼni va gʻururining muqaddas timsoli boʻlib, doimo yuksak eʼzozda boʻlsin!
Jizzax viloyat statistika boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 34- yilligiga bag'ishlab ma'naviy va ma’rifiy soati bo'lib o'tdi
02/07/2026



