So'nggi yangiliklar
16/08/2021 • So'nggi yangiliklar
“Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 99 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi bo‘yicha jahonda 5-o‘rinni egalladi.
Ma’lumki yurtimizda aholini ro‘yhatga olish yuzasidan keng qamrovli ishlar boshlab yuborildi. Albatta bu bugungi kun zarurati o‘laroq amalga oshirilmoqda. Yurtimizda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish jarayoni bundan 32 yil avval bo‘lib o‘tgani bu masalaning hozirda qanday ahamiyat kasb etishini ko‘rsatib beradi. Misol uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zo mamlakatlarni har 10 yilda aholini to‘liq ro‘yxatga olishni tavsiya etadi, chunki bu kelgusi dekadalarda mamlakat taraqqiyotini belgilab beruvchi strategik qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘la oladigan ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlanish imkonini beradi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 66 679,9 mlrd. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi.
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 2712,0 tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqarilgan.
12/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yangi bosqichi doirasida so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, islohotlarning muhim yo‘nalishi sifatida statistika sohasining qonunchilik asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2021- yil boshida jami 265 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari inobatga olinmagan) tashkil etilgan.
12/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Davlatimiz rahbari boshchiligida 2020- yilning 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.
Viloyatimizda 2021– yilning 1– iyul holatiga tashqi savdo aylanmasi 207,7 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Shundan, 92,8 mln. AQSh dollari bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilgan, импорт эса 114,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
11/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini o‘rganishda mamlakat hududida o‘tkazilgan aholi ro‘yxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu ro‘yxat ma’lumotlari XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.
Viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2021- yil yanvar-iyun oylarida jami 434,6 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan.
10/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Dunyo mamlakatlariga aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni rejalashtirish va uni o‘tkazishda yordam ko‘rsatish maqsadida BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Yevropa ittifoqining statistika xizmati va bir qator a’zo davlatlar ishtirokida tayyorlangan “Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020 yil raundida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha tavsiyalari” nomli qo‘llanma BMT Aholishunoslik jamg‘armasining texnik ko‘magi asosida Davlat statistika qo‘mitasining mutaxassislari tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning 6 oyida xorijga qiymati 7,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 8,9 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
2021- yilning yanvar-iyun oylarida umumiy maydoni 309,6 ming kv.m bo‘lgan 1851 ta uy yoki 1851 ta kvartira, shu jumladan qishloq joylarida 212,7 ming kv.m 1231 ta uy–joy foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 19 tani tashkil etib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 222 taga yetdi.
09/08/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yil II chorak yakunlariga bag’ishlangan Hay’at yig‘ilishda qo’mita raisi tomonidan hududiy statistika boshqarmalarining Axborot xizmati xodimlari faoliyati va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning 6- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan hududiy boshqarmalar Axborot xizmati xodimlari malakasi va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan onlayn seminar o‘tkazildi.
06/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Viloyat statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021– yilning yanvar–iyun oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 6 859,6 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni tashkil etdi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatlarini yuritishlari uchun qator qulaylik va imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarga yaratilgan imtiyoz va yangilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
242-sahifa 248 dan