So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar- iyun oylarida Jizzax viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 253,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bugungi kunda viloyatda 2433 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024 - yilning yanvar-iyun oylarida, Jizzax viloyatida jami 2 247,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023 - yilning mos davriga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-iyul holatiga qurilish sohasida jami 53 380 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining taʼlim muassasasida internetdan foydalanayotganlar ulushi 12,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-may oylarida yirik korxonalar tomonidan 12,4 ming tonna misdan quvurlar ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasida bino va inshootlar qurilishi boʻyicha 40,5 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, umumiy hajmga nisbatan ulushi  68,5 % ni tashkil etdi. 

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra 2024 yil yanvar- iyun oylarida viloyatimiz tumanlari orasida eng ko‘p Sharof Rashidov tumanida 3323 ta, G‘allaorol tumanida 2535 ta tug‘ilish qayd etilgan

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, respublikamizda xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 6,8 % ga oʻsgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 5,2 trln soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 4 568,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 7,4 % ga o‘sdi.

2024- yil yanvar-iyun oylarida viloyatda asosiy kapitalga 10 137,9 mlrd. so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 134,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 56,8 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2024-yilning yanvar-may oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 5 553,7 mlrd soʻm boʻlib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda rasm, film, video va musiqalarni yuklab olish yoki yuborish uchun internetdan foydalanadigan 10 va undan katta yoshdagi aholi ulushi 59,1 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 1-iyul holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 45 857 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 10 va undan katta yoshdagi aholining oʻz uyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 79,2 % ni tashkil etdi.