Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-132-sonli qaror bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbirkorlar bilan keng muhokamalarda bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida ishlab chiqilgan va ularni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 5 ta yo‘nalishdan iborat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar:
ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) 1-ilovaga muvofiq; amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilangan. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.