20/09/2024

      2024-yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,5 % to‘g‘ri kelib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,4 % ga o‘sgan holda 2 235,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.