An’anaviy ro‘yxatga olish deganda, ma’lum bir mamlakat hududi yoki uning aniq belgilangan qismida barcha shaxslar va uy-joy fondini ma’lum bir vaqtda tavsiflovchi demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni to‘plash (joylarda yoppasiga ro‘yxatga olish orqali), qayta ishlash, baholash, tahlil qilish va tarqatish jarayoni tushuniladi. Ro‘yxatga olish bevosita hisob-kitob sanasi (ro‘yxatga olish sanasi) bilan bog‘liq belgilangan cheklangan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi. Ma’lumotlar, odatda, qog‘oz savolnoma yoki borgan sari ko‘proq ishlatilayotgan elektron shakldagi ro‘yxatga olish varaqalari orqali yoki xavfsiz onlayn ulanish vositasida ma’lumotlarni uzatish orqali qayd etiladi.
An’anaviy usulning asosiy afzalliklari shundaki, u butun aholini ma’lum bir vaqtda “ajratish” imkonini beradi va nisbatan kichik hududlar va aholining kichik guruhlari haqida ma’lumot olish imkonini beradi.
Paxtakor tumani statistika boʻlimi