2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari hajmi 9,6 trln soʻmni tashkil qilgan.
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi boʻyicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Namangan (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 18,6 % i), Toshkent (16,5 %) va Qashqadaryo (14,6 %) viloyatlarida kuzatilgan.