Viloyat bo‘yicha 2024- yilning yanvar-iyul oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 2 361,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 53,3 % ga o‘sdi.
Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 2 009,1 mlrd. so‘mni tashkil qilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 152,6 % ga to‘g‘ri keldi. Viloyatda ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 88,9 % ni tashkil qildi.