21/06/2024

     Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-213-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

     Qarorning quydagi qisimlariga alohida to‘xtalib o‘tildi: Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij bitimining (keyingi o‘rinlarda — Parij bitimi) 13-moddasida issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda mamlakatlar tomonidan iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish choralari ko‘rilishi hisobidan erishilgan natijalarni doimiy ravishda baholab borish maqsadida takomillashtirilgan shaffoflik tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilganligi ko‘rsatilgan.

     Parij bitimiga muvofiq, shaffoflik tizimi orqali issiqxona gazlari ajratmalari monitoringi natijalari va hisobotlarni, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga moslashish jarayonlariga oid ma’lumotlarni jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish talab etilishi belgilangan. Yig‘ilish davomida xodimlar savollar bilan murojaat qilishdi, savollar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.