25/06/2024

      2024- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 1217 ta ni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2020- yilning mos davriga nisbatan (1162 ta) 104,7 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki: - mehmonxonalar, turistik oromgohlar, dam olish va ko‘ngilochar parklar yashash bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosiy faoliyati hisoblanib, 2024- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 8,4 foiz ulushini tashkil etdi; - restoran va buyurtma bo‘yicha oziq-ovqat va ovqat mahsulotlarini yetkazish, oziq-ovqat va ichimliklar yetkazish bo‘yicha xizmatlar yo‘nalishining asosi hisoblanib, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasining 91,6 foiz ulushini tashkil etdi.