24/06/2024

      2024-yilning yanvar-may oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 3 819,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 8,1 % ga o‘sdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 162,8 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 71,5 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 2 709,8 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 111,2 %), shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 946,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 108,8 %) tashkil etdi.