06/05/2024

      2024 - yilning yanvar-mart oylarida, Jizzax viloyatida jami 825,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023 - yil yanvar-mart oylariga nisbatan 116,4 % ni tashkil etdi. Shundan, fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 38,5 % ni tashkil etdi va 2023- yilga nisbatan 7,5 % punktga ko‘paydi. Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi esa 61,4 % ni tashkil etib 7,4 % punktga kamaydi hamda norasmiy sektorning ulushi 0,1 % ni tashkil etib, 0,2 % punktga kamaydi.