26/04/2024

      Joriy yilning 26-aprel kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmaning faollar zalida O‘zbek she’riyatining yorqin vakili shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Shoirning yuksak va tabiiy vatanparvarlik tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan sheʼriyati, hayoti va ijodi to‘g‘risida Axborot kutubxona markazi mas'ul xodimlari maʼruza qildi. Shoirdan o‘lmas ijodiy meros qolganini taʼkidladi.Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-59-sonli farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.
      Jumladan, quydagi qisimlariga alohida e’tbor qaratildi: Mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida quydagilar belgilandi.