24/11/2023

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 16311,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 107,8 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,7 % ni tashkil etdi.