18/12/2023

Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek ishlab chiqarish sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu faoliyat turida jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 4 850,6 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 46,6 % i o‘zlashtirilgan, qishloq, o‘rmon va baliqсhilik xo‘jaligi 1 287,0 mlrd. so‘m yoki jami investitsiyalarning 12,4 % ga yo‘naltirilgan.