Joriy yilning 11–12- noyabr kunlari viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i va o‘rinbosari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanigagi sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan atroflicha tanishdilar.
Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i va o ‘rinbosari ro‘yxatga oluvchilar bilan mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqot qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi bo‘yicha ma’lumotlar olishdi.
2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.
Axborot xizmati