12/11/2021

Joriy yilning 2- noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi.

 

Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi. Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat statistika boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Joylarda maxsus ajratilgan hududlarda “Yashil maydonlar” bunyod etilmoqda.

Xususan, shahrimizning Kimyogar mahallasidagi To‘qimachilar ko‘chasida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekishdi.

Axborot xizmati