Sanoat sohasida 35 ta korxonada 12 311 nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 12,5 %) xodim ishlagan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2428,6 ming so‘mni tashkil etib, 2020 - yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga o‘sdi.
Sanoat sohasi bo‘yicha bir qator shahar va tumanlarda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlari kuzatildi. Viloyatning o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar
Zafarobod 215,0%,
Paxtakor 135,4%,
Zarbdor 109,9%, Forish 104,5% tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, viloyatning ba’zi tumanlarida ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining viloyat darajasidan past ekanligi kuzatildi.
Ish haqining nisbatan past ko‘rsatkichlari
Jizzax shahri 99,0%,
Zomin 92,6%,
Sh.Rashidov 86,5%,
G‘allaorol 86,3% tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati