11/08/2021

Respublikamizda demografik jarayonlarning holatini organishda mamlakat hududida otkazilgan aholi royxati ma’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda keltirilishicha, Ozbekiston hududida dastlabki aholi royxati 1897 yilda otkazilgan bolib, ushbu royxat ma’lumotlari XIX asr oxirida Ozbekistonda mavjud oilalar soni, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tugilish, olim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. Ozbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970,  1979 va 1989 yillarda aholini royxatga olish ishlari tashkil etilgan.

XIX asrga kelib, aholini royxatga olish juda kengaydi.
Qator Yevropa mamlakatlarida statistika tashkilotlari tuzildi. Aholini royxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borilishi yolga qo’yildi. Xususan, 1870-1879 yillarda dunyoning 48 ta, 1890 yillarda esa 57 ta davlatida aholi royxati otkazilgan. XIX asr oxirida dunyo aholisining 21 foizi royxatga olingan bolsa, XX asr boshida 54 foiz aholi royxatdan otkazilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin, aholini royxatga olish tizimi yanada takomillashtirildi. 1945-1954 yillarda – 151 ta davlatda, 1965-1974 yillarda – 179 ta davlatda aholi royxati otkazilgan. Hozirgi paytda, dunyodagi deyarli barcha davlatlarda aholini royxatga olish ishlari olib borilmoqda.

 

Zomin tuman statistika bolimi