25/11/2024

      Jahon banki tomonidan mamlakatlarning statistik salohiyatini o‘rganish va baholab borish maqsadida yangilangan uslubiyot asosida ishlab chiqilgan “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi” (Statistical Performance Indicators - SPI)ning 2023-yil natijalari keng jamoatchilikka e’lon qilindi.

      O‘zbekiston mazkur xalqaro reytingda 80,3 ball to‘plab, dunyoning 217 ta mamlakati ichida 62-o‘rinni egalladi. Statistika faoliyati samaradorligi indeksida barcha MDH mamlakatlari ishtirok etgan bo’lib, 2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston MDH mamlakatlari orasida 4-o‘ringa ko‘tarilgan.

      Ma’lumot uchun: 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur xalqaro reytingda 74,1 ball to‘plab 79-o‘rinni egallagan.

      Mazkur indeks mamlakatning statistik salohiyati, erishayotgan yutuqlari va milliy statistika tizimini rivojlantirish borasida olib borayotgan islohotlari natijalarini aks ettiradi.

      Xususan, 2023-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning “Statistika faoliyati samaradorligi indeksi”da 62-o‘ringa ko‘tarilishiga xizmat qilgan omillar:

- milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlari GSBPM va GSIM larning joriy etilishi; 

- BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) global indikatorlari asosida Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) indikatorlarini shakllantirilishi va doimiy e’lon qilib borilishi;

- milliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika ma’lumotlarining maksimal darajada ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib borish ko‘rsatkichlari xalqaro statistik to‘plamlarda va ma`lumotlar bazalarida aks ettirilishi;

- O‘zbekistonda milliy hisoblar zamonaviy tizimi “MHT-2008”ning amaliyotga to‘liq joriy etilishi.

      Ma’lumot uchun: 2022-yil natijalariga ko‘ra, Ozbekiston mazkur xalqaro reytingda 74,1 ball to‘plab 79-o‘rinni egallagan.