Joriy yilning 19- noyabr kuni "Zarbdor" statistika bo‘limi tomonidan bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, olingan ma’lumotlar shaffof va haqqoniy holda planshet qurilmasiga kiritildi.