Joriy yilning 15- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan hududiy bo‘lim xodimlari uchun qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida hududiy statistika bo‘lim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.