15/11/2024

      Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-990-sonli qonuni bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

      Mamlakatimizda aholining turli qatlamlari orasida ma’rifiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga aholi orasida, ayniqsa yoshlar o‘rtasida nosog‘lom ma’rifiy ishlarni amalga oshirish hollari ko‘payib, bunday tadbirlar doirasida aholining va yoshlarning ongiga, madaniyatiga va his-tuyg‘ulariga begona bo‘lgan turli yot qarashlar va g‘oyalar singdirilmoqda.

      Shu munosabat bilan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilashga qaratilgan qo‘shimcha kiritilmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga mazkur faoliyat turiga qo‘yiladigan talablarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Seminar davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.