14/11/2024

      Joriy yilning 13- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi 114-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda mehnat huquqi qonunchiligini targʻib qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

      Tadbirda Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Turayev Farhod Samadovich, Yuridik boʻlim boshligʻi Vahob Toʻxtayev Oripovich, hududiy statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi xodimlari hamda Bosh yuriskonsultlari ishtirok etdi.

      Shuningdek, vebinarda xodimlarga bugungi kunda hududiy statistika organlarining ish faoliyatida mehnat huquqi qonunchiligiga rioya qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori mazmun-mohiyati, jumladan, bugungi kunda ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha tushunchalar berildi.

      Shu bilan birga, xodimlarga “Huquqiy bilimlar oyligi” davomida O‘zbekiston Respublikasining 2024- yil 7- avgustda qabul qilingan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi OʻRQ-939-son Qonuni hamda “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida” OʻRQ-940-son Qonunining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini tushuntirildi. Xodimlarga energiya manbalarini hamda elektr energiyasini tejash bo‘yicha fikr va mulohazalar berildi.

      Tadbir yakunida vebinar ishtirokchilarining mehnat huquqi bo‘yicha hamda ish faoliyatida duch kelgan savollariga Yuridik boʻlim boshligʻi Vahob Toʻxtayev tomonidan batafsil tushunchalar berildi.