Joriy yilning 14- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda ijtimoiy soxa statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan hududiy bo‘lim xodimlari uchun ijtimoiy soha statistikasi bo‘limiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va e’lon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida hududiy statistika bo‘lim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.