2024-yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi 1 303,8 mln AQSh dollarini va 2023-yilning mos davriga nisbatan 145,3 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng yuqori ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (91,3 %), kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar (2,4 %) hamda sanoat tovarlari (1,9 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 406,3 mln AQSh dollariga ko‘paydi va 1 303,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi.