Joriy yilning 12- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda sanoat va energetika statistikasi bo'limi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun sanoat va energetika statistikasi bo'limi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.
Shuningdek, vebinarda xodimlarga sanoat va energetika statistikasi bo'limi oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.
Ushbu koʻrsatkichlarni hududlar kesimida hisoblash va eʻlon qilish tartibi misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Vebinar yakunida hududiy statistika bo‘lim xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilishi, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholanishi haqida ogohlantirildi.