Nashr qilish davri — iyul.

Mazkur statistik toʻplamda, Oʻzbekiston Respublikasidagi demografik holatni ifodalovchi koʻrsatkichlar keltirilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy boʻlinishi, aholi soni, aholining jinsi va yosh tarkibi, hududlar boʻyicha taqsimlanishi, tugʻilish va oʻlim, nikoh va ajrimlar soni hamda aholi migratsiyasi (koʻchib kelish va koʻchib ketish) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar berilgan.

Statistik to‘plamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida taqdim etilgan. Doimiy aholi soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2016-2020 yillar 1 yanvar holatiga aholining jinsi, yoshi, shahar va qishloq aholisi  kesimida keltirilgan.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish