So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyati bo‘yicha uyushmagan savdo tovar aylanmasi hajmi 1 361,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 110,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida kimyo ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 9,8 % ni tashkil etdi.

  2024- yilning 28- avgust kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi “Do‘stlik” tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Manas” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

 2024-yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida jami 2 614,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-iyul oylarida xorijga qiymati 13 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 4,3 mln metr kvadrat  gilam eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida, Oʻzbekiston Respublikasida jami 94,3 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 3 128,3 tonna yogurt ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Jizzax viloyatida kimyo ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,0 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar- iyul oylarida Jizzax viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (45,7 %), Qozog‘iston (43,1 %) hamda Qirg'iziston Respublikasi (5,8 %) davlatlari bilan qayd etildi.

2024- yilning 4-sentabr kuni, Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi  Jizzax shahri  Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan  “O'ratepalik” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda 268,1 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha fermer xo‘jaliklari tomonidan 24 639,7 tonna baliq ovlangan.

 2024- yilning 3-sentabr kuni, Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi  Jizzax shahri  Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan  “Olmazor” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi

2024-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan 15903  ta tijorat korxona va tashkilotlarining 2484 tasi xususiy korxonalar ulushiga 15,6 % to‘g‘ri keladi.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 85,7 tonna tvorog ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 382,1 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylari holatiga respublikamizda fermer xo‘jaliklar tomonidan 603 181 ming dona tuxum yetishtirilgan.

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 5,9 ming tonnani tashkil etgan.