08/10/2024

      2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami 4 068,5 ming nafar oʻzbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.

      Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 103,4 ming nafarga yoki 37,2 % ga oshgan.

      Joriy yilning yanvar-avgust oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

      Qirgʻiz Respublikasi – 1 913,6 ming nafar;

      Tojikiston – 797,6 ming nafar;

      Qozogʻiston – 640,2 ming nafar;

      Rossiya – 194,7 ming nafar;

      Turkiya – 157,7 ming nafar;

      Saudiya Arabistoni – 111,9 ming nafar;

      BAA – 81,4 ming nafar;

      Misr – 27,7 ming nafar;

      Quvayt – 16,7 ming nafar;

      Janubiy Koreya – 14,9 ming nafar;

      boshqa davlatlar – 112,1 ming nafar.